Oddiy teriosti yoğidan farqli ravişda visseral (içki) yoğ yurak kasalliklari, ikkinçi turdagi qandli diabet, insultga çaliniş xavfini oşiradi, deb ogohlantiradi kardiologlar.

Şifokorlarning sözlariga köra, içki yoğ şamollaş oqsillarini işlab çiqaradi, natijada bu qon tomirlari, qon bosimiga salbiy ta'sir körsatadi.

«Qorinça» ovqatlaniş va hayot tarzi haqida öylaş uçun jiddiy sababdir, deydi doktor Tiffani Pauell-Uayli.

Uning maslahat berişiça, içki yoğlardan xalos böliş uçun harakatlaniş kerak. Haftasiga 150 daqiqa jismoniy faollik yetarli.

Şifokorlar tez yuriş, lökillab çopiş, velosiped miniş yoki suzişni tavsiya qilişadi. Agarda şifokor taqiqlamagan bölsa, zinadan tez-tez kötariliş ham foydali.

Şuningdek, şirin içimliklar va şakardan voz keçib, ular örniga kletçatkaga boy mahsulotlarni iste'mol qiliş lozim. Bu suli, guruç yormalari, arpa, sitrus mevalar va olmadir. Mutaxassislarning sözlariga köra, ön gramm eruvçan kletçatka visseral yoğni 3,7 foizga kamaytiradi.