Turkiya qurolli kuçlari Iroq şimolida Kurdiston işçi partiyasi a'zolariga qarşi harbiy operatsiya boşladi. Bu haqda Yeni Safak gazetasi xabar berdi.
Naşrning yozişiça, operatsiya Iroqning Metin aholi punkti hududida ötkazilmoqda. Operatsiyaga Turkiya harbiy-havo kuçlari, artilleriya va maxsus xizmat askarlari jalb etilgan.
Avvalroq Milliyet gazetasi mamlakat harbiy samolyotlari partiyaning Metin, Zap, Avaşin-Basyan va Qandildagi obektlariga zarba berganini ma'lum qilgandi.
Turkiya Iroqdagi Kurdiston işçi partiyasiga qarşi ilgari ham bir neça marta operatsiyalar ötkazgan. Mamlakat parlamenti qurolli kuçlarning respublika çegarasidan taşqarida harakatlanişiga berilgan mandatni muntazam ravişda yangilab boradi.
Turkiyada Kurdiston işçi partiyasi terrorçi taşkilot deb e'lon qilingan.









