Mutaxassis sözlariga köra, bugungi kunda dunyoda aniqlangan koronavirus infeksiyasining yangi ştammlari turli körinişda namoyon bölişi, har qaysisi öziga xos tarzda keçişi bilan özaro farq qiladi.
Oxirgi tadqiqotlar natijasida “afrikaça” ştamm eng xavfli deb tan olingan, çunki bu ştamm gumoral immunitetga qarşi tura oladi va unga qarşi davolaşning ta'siri pastroq. Bu ştamm bilan kasallanganlarda koronavirus infeksiyasi oğir va öta oğir darajada ötadi.
“Ammo bu ştamm birlamçi koronavirusga va britança ştammga nisbatan sekin tarqaluvçandir. Şu xususiyati bilan uning uçraşi kamroqdir. Öz örnida, kasallikning bu kabi ştammlaridan özimizni himoyalaşimiz va doimiy ravişda karantin qoidalariga rioya qilişimiz kerak, bunda doimiy niqoblarni taqiş, ijtimoiy masofani saqlaş va qöllarni antiseptiklar bilan işlov berib turiş lozim”, dedi Sevara Ubaydullayeva.
Avvalroq, koronavirusning mazkur ştammi Özbekistonda ham aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Ma'lumot uçun, Soğliqni saqlaş vazirligi sönggi bir kunda yana 300dan ortiq kişida virus aniqlangani, 2 bemor vafot etgani, şifoxonalarda koronavirus infeksiyasidan davolanayotganlar soni 2700 nafardan oşgani va ulardan 113 nafari öta oğir ahvolda qolayotgani haqida xabar berdi.












