Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvga tayyorgarlik köriş uçun öz ofisi rahbari Andrey Yermakka topşiriq berdi.

"Hammasi uçraşuv böladigandek ketayotganga öxşayapti. Men Donbassda uçraşişni taklif qildim. Rossiya prezidenti uçraşiş niyatini tasdiqladi. U Moskvada uçraşişni taklif qildi. Men prezident ofisi rahbari Andrey Yermakka prezident Putin ma'muriyati bilan boğlaniş, özaro anglaşib, uçraşuv joyini belgilaş topşiriğini berdim", - dedi Zelenskiy.

Avvalroq Zelenskiy Putinga «Donbassning istalgan yerida uçraşiş»ni taklif qilgandi.

Putin Zelenskiy «istagan vaqtida» Moskvaga kelişi mumkinligini aytdi.