Taşqi işlar vazirining axborot siyosati masalalari böyiça yangi maslahatçisi – Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi tayinlandi.

2021 yilning 27 aprel kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov TIV hay'atining kengaytirilgan majlisida vazirning axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi, Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi – vazirlik rasmiy vakili lavozimiga tayinlangan Yusuf Qobuljonovni taniştirdi.

Yu.Qobuljonov diplomatiya sohasida 2009 yildan buyon işlaydi. Vazirlik markaziy apparati va Özbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida xizmat qilgan.

U 2009-2016 yillarda Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati ikkinçi kotibi, birinçi kotibi, vazirlik huzuridagi «Jahon» axborot agentligi direktori örinbosari bölgan.

Yusuf Qobuljonov 2016-2018 yillarda Taşqi işlar vazirligi Madaniy-gumanitar aloqalar boşqarmasi boşliği, 2018-2021 yillarda Özbekistonning Novosibirsk şahridagi (Rossiya Federatsiyasi) boş konsuli sifatida faoliyat yuritgan.