Vazirlar Mahkamasi “Yevrosiyo" xalqaro teatr san'ati festivalini ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni qabul qildi.

Hujjat prezidentning "Madaniyat va san'at sohasining jamiyat hayotidagi örni va ta'sirini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida" 2020 yil 26 maydagi farmoniga muvofiq qabul qilingan.

Qaror bilan Madaniyat vazirligi va Özbekiston Teatr arboblari uyuşmasining "Yevrosiyo" xalqaro teatr san'ati festivalini 2022 yildan boşlab ikki yilda bir marta Toşkent şahrida ötkaziş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • a) festivalni taşkil etiş va ötkaziş böyiça taşkiliy qömita tarkibi;
  • b) quyidagilarni nazarda tutuvçi festivalni ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom:
  • festivalni ötkaziş tartibi va şartlari;
  • festival doirasidagi ilmiy-amaliy konferensiyada iştirok etiş tartibi;
  • xalqaro hay'at faoliyatini taşkil etiş va festival iştirokçilarini baholaş tartibi;
  • festivalni moliyalaştiriş va ğoliblarni mukofotlaş.

Madaniyat vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Özbekiston Teatr arboblari uyuşmasi va Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga:

  • festivalda xorijiy davlatlardan iştirok etadigan teatrlar jamoalari röyxatini şakllantiriş;
  • festivalda namoyiş etiladigan spektakllarni saralaş işlarini amalga oşiriş;
  • oçiliş va yopiliş marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlarini tayyorlaş;
  • ilmiy-amaliy konferensiyada xorijiy davlatlardan iştirok etadigan teatrşunos va san'atşunos olimlar, taniqli san'atkorlar, yetuk mutaxassislar va faxriy mehmonlar röyxatini şakllantiriş;
  • ilmiy-amaliy konferensiya materiallari töplamini naşrga tayyorlaş va çop etiş topşirildi.

Festivalni taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq sarf-xarajatlar Madaniyat vazirligi va Toşkent şahar hokimligi tomonidan işlab çiqilgan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida amalga oşiriladi.

Sarf-xarajatlarning:

  • 50 foizi - Toşkent şahar mahalliy budjetining qöşimça manbalari, yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar;
  • 50 foizi - Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi.

Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, "Dunyo" axborot agentligi va boşqa OAVga Festivalga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça amalga oşirilayotgan işlarni yoritib boriş tavsiya etildi.