Ular aytilgan pulning 50 ming AQŞ dollarini olayotgan vaqtida IIV xodimlari tomonidan uşlangan.
Joriy yilning 19 aprel kuni fuqaro S.X. va X.S. Içki işlar vazirligiga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda Toşkent viloyati IIBB.
Qayd etilişiça, fuqarolar öz arizasida «Muhammadjon» ismli şaxs Böstonliq tumani Navobod mahallasi hududida joylaşgan, «Al-Inobat» MÇJga tegişli, oromgoh va baliqçilik köli taşkil qiliş uçun tuman hokimining 2017 yil 25 oktyabrdagi 620-son qaroriga köra investitsiya kiritiş şarti bilan ajratilgan 10 gektar yer maydonini 1 mln 900 ming AQŞ dollariga hokimlik orqali hujjatlaştirib beriş şarti bilan sotmoqçi ekanini, hozirda esa aytilgan pulning 50 ming AQŞ dollari berişini talab qilayotganini ma'lum qilgan va unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Mazkur arizaga asosan, 2021 yil 23 aprel kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari hamda Boş prokuratura huzuridagi IJQK departamenti Toşkent viloyati boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbir davomida, P.P., N.M., S.V., T.A., Ş.K. hamda D.A. Toşkent şahar Çilonzor tumani, 4-mavze, 65-uy oldidagi avtoturargohda ariza mualliflari S.X. va X.S.dan 50 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura huzuridagi IJQK departamenti Toşkent viloyati boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Bundan oldin, DXX yer sotiş bilan boğliq firibgarlik holatlariga çek qöygandi.












