Hindiston koronavirus yuqtiriş holatlari böyiça jahon rekordini yana yangiladi.

Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumot berişiça, ötgan sutkada 401 993 nafar kişida kasallik aniqlangan. Bir sutka davomida 3523 nafar bemor vafot etgan.

Hindiston 22 aprel kuni sutkalik kasallaniş holatlari böyiça jahon rekordini örnatgandi – 314,8 ming holat. Söngra bu raqam bir neça marta yangilandi: 23 aprelda 332,7 ming, 24 aprelda 346,7 ming, 25 aprelda 349,6 ming, 26 aprelda 352,9 ming, 29 aprelda 379,2 ming va 30 aprelda 386,4 ming.

Hindiston koronavirus yuqtiriş holatlari soni böyiça dunyoda ikkinçi örinda turibdi. Mamlakatda 19,1 million holat qayd etilgan, 15,6 milliondan ortiq kişi soğaygan, 211 ming bemor vafot etgan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Hindistonda 154 milliondan ortiq kişi koronavirusga qarşi emlangan.