Keça, 1 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Denov tumanida yaşovçi ayolni erkak kişi urib, tepkilab, jismoniy kuç işlatgani aks etgan videolavha tarqaldi. Surxondaryo viloyat IIB mazkur voqea böyiça munosabat bildirdi.
Munosabatda yozilişiça, mazkur holat Denov tumani böyiça IIO FMB mas'ul xodimlari tomonidan örganilganida quyidagilar ma'lum bölgan.
Denov tumani, «I.Törayev» SIU, Buyuk ipak yöli mahallasida yaşovçi Q.S. 2021 yil 22 aprel kuni viloyat IIB 102 raqamiga qönğiroq qilib, qöşnisi Gulmurod Xandalov urib tan jarohati yetkazganligi haqida murojaat qilgan.
Tuman markaziy kasalxonasining 25 apreldagi xabarnomasi navbatçilik qismida qayd etilib, sodir bölgan holat yuzasidan suriştiruv harakatlari tuman IIO FMB 2-son IIB tomonidan olib borilmoqda.
Qayd etilişiça, fuqaro Q.S.ning murojaatlari yuzasidan sud-tibbiyot ekspertizasidan ötiş töğrisida qaror berilgan, fuqaroning olgan tan jarohati «yengil tan jarohati» toifasiga kiradi, deb xulosa çiqarilgan.
«Fuqaro Q.S.ning murojaatlari yuzasidan suriştiruv işlari olib borilayotganligi sababli yakuni böyiça qöşimça axborot berilişi haqida ma'lum qilamiz», deyiladi munosabatda
Ma'lumot uçun, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda erkak «uyni böşat», deb ayolni tepkilagani, muştlab urgani tasvirlangan. Şuningdek, u bolalarni ham urganda, ularning baqirgan ovozlari yozilgan. Jabrlanuvçining aytişiça, Gulmurod Xandalov uni ikki yildan beri muttasil kaltaklab kelgan. U bu haqda uçastka inspektori va tuman IIBga köp marotaba ariza bilan murojaat qilganiga qaramasdan, ular «daliling yöq», deb ayolning arizasini qabul qilişmagan. Şundan söng, jabrlanuvçining onasi joriy yil 21 mart kuni hojatxonaga yaşiringan holda, Gulmurod Xandalovning qizini va uning bolalarini tepib kaltaklaganini videoga tuşirişga muvaffaq bölgan.
Töraqörğonda 9 oylik kelin eri tomonidan ayovsiz kaltaklab kelingani ma'lum böldi
Samarqandda xotinini tahqirlagan er işi böyiça sud hukmi öqildi












