Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudi Ş.K.ni 6 yilga ozodlikdan mahrum qiliş böyiça hukm çiqardi. Jazoni ötaş 2020 yil 24 avgustdan boşlab hisoblanadi.
Ayblanuvçiga Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi (özini öldiriş darajasiga yetkaziş), 105-moddasi 2-qismi «g» bandi (öta şafqatsizlik bilan badanga qasddan jarohat yetkaziş) bilan ayblov e'lon qilindi.
Ş.K. sönggi sözida suddan uzr sörab, bunday işlarni qaytib qilmasligini, uç oy içida közi oçilganini ma'lum qildi. U öziga e'lon qilingan ayblovlardan rafiqasini öz joniga qasd qilişga olib boriş qismini tan olmasligini, uni kaltaklaganini esa tan olişini aytdi.
Sudda qatnaşgan jabrlanuvçi Mustahkam Vahobova sudga işonişini va çiqarilgan hukmdan roziligini bildirdi.

Eslatib ötamiz, avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahrida eri tomonidan ayovsiz kaltaklanayotgani aks etgan ayol videosi tarqalgandi. Keyinroq er ayolni muntazam xörlagani va majburlab pampers yedirgani ma'lum böldi. Aynan şu holat işning butun mamlakat böylab muhokama qilinişiga sabab böldi.
Er xotinini urgani tasvirlangan video internetda tarqalgaç uyidan qoçib ketgan. 23 avgust kuni u Toşkent şahrida qölga olinib, Samarqandga olib ketilgan. Keyinroq Senat mazkur ayol bilan boğliq vaziyatni öz nazoratiga olgandi.
12 noyabr kuni uşbu iş böyiça sud boşlandi. Dastlabki sud majlisida Ş.K sudda OAV iştirok etmasligini söragan bölsa, jabrlanuvçi Mustahkam Vahobova mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilgani va muhokama qilingani uçun sudda OAV vakillari hamda blogerlar iştirokiga qarşilik qilmasligini bildirgandi.
23 noyabr kuni ötkazilgan sud majlisida Samarqand şahri prokurori örinbosari Umid Hakimov sudda davlat ayblovçisi vazifasida qatnaşib, Ş.K.ga 8,5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişini söragan edi.











