Armaniston konstitutsiyasiga köra, Armaniston prezidenti saylovlarida iştirok etiş uçun oxirgi 6 yil davomida faqat arman fuqaroligiga ega böliş kerak. Sarkisyan 2018 yil 2 mart kuni Armaniston prezidenti etib saylangan. Advokatlarning ta'kidlaşiça, u 2003 yildan 2012 yilgaça Britaniya fuqaroligiga ega bölgani sababli prezident saylovlarida qonunga xilof tarzda iştirok etgan.

Zograbyanning ma'lum qilişiça, 53 nafar advokat Armen Sarkisyan ikki fuqarolikni yaşirgani yuzasidan şikoyat arizasi topşirgan. Maxsus tergov xizmati advokatlarning arizasi böyiça jinoiy iş qözğatişdan boş tortgan. Biroq boş prokuratura xizmatning qarorini bekor qilib, «hujjatlarni soxtalaştiriş» moddasi böyiça Sarkisyanga nisbatan jinoiy iş qözğatgan.