Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Bişkekda Şanhay hamkorlik taşkiloti sammiti doirasida uçraşdi. Kreml 1-sentabr kuni eʼlon qilgan muzokaralar stenogrammasida Armanistonning Yevropa Ittifoqiga aʼzo böliş rejalari asosiy mavzulardan biri bölgani qayd etilgan.
Putinning fikriça, Armanistonning boşqa iqtisodiy tuzilmaga qöşiliş jarayonini boşlaşi YeOIIdan çiqişni anglatadi, çunki bir vaqtning özida har ikki tuzilmaga aʼzo böliş mumkin emas.
«Siz çiqiş haqida eʼlon qilmaganingizni aytdingiz. Boşqa iqtisodiy taşkilotga aʼzo böliş jarayonini boşlaş töğrisidagi qonunning qabul qilinişi amalda bizning taşkilotdan çiqiş haqidagi bayonotni anglatadi. Çunki u yerda ham, bu yerda ham bir vaqtning özida böliş mumkin emas», dedi Putin.
Rossiya prezidenti Armanistonda YEI va YEOII masalasi böyiça referendum ötkaziş taklifini yana bir bor ilgari surib, bu borada aholining fikrini söraş kerakligini aytdi.
Paşinyan esa Armaniston Rossiya bilan ikki tomonlama şartnomalarni hamda YEOII doirasidagi huquqiy bazani tahlil qilganini bildirdi.
Uning sözlariga köra, Yerevan Armanistonning Rossiya yoki YEOII oldidagi majburiyatlarini buzgan biror holatni aniqlamagan.
Paşinyan, şuningdek, 2025-yilda Yevropa integratsiyasiga oid qonun qabul qilinişi bilan Armaniston YEI va YEOII örtasida tanlov qiliş böyiça referendum ötkaziş ğoyasidan amalda voz keçganini aytdi.
Armaniston boş vaziri 24-avgust kuni mamlakat yaqin vaqt içida Yevropa Ittifoqiga aʼzo böliş uçun ariza beriş jarayonini boşlaş niyatida ekanini maʼlum qilgan edi.
Şundan söng Yevropa komissiyasi Armaniston hozir «Yevropa Ittifoqiga har qaçongidan ham yaqinroq» ekanini bildirgan. Biroq Bryussel YeIga aʼzo böliş aniq belgilangan va nomzod mamlakatning natijalariga asoslangan jarayon ekanini ham eslatgan.
Putin esa avval ham Yevropa Ittifoqi va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga bir vaqtning özida aʼzo böliş mumkin emasligini taʼkidlab kelgan.
Rossiya va Armaniston örtasidagi munosabatlarda sönggi vaqtlarda kelişmovçiliklar kuzatilmoqda. DW maʼlumotiga köra, Armanistondagi parlament saylovlari arafasida Moskva ayrim arman mahsulotlarining Rossiyaga olib kirilişini taqiqlagan.








