Joriy yildan belgilari aniq körinib turgan jismoniy imkoniyati çeklangan şaxslarga nogironlikni muddatsiz belgilaş amaliyoti yölga qöyiladi. Bu haqda Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Heç kimga sir emas, avvallari nogironlikni belgilaşda bemor eng birinçi navbatda şifoxonaga yotişi kerak, degan talab mavjud edi. Qolaversa, bunday fuqarolar texnik reabilitatsiya vositalarini bepul olişi uçun ham köp hollarda şifoxonada davolanib çiqişi yoki tibbiy körikdan ötişi lozim bölgan.
Şu bois, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 3 martdagi «2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça harakatlar strategiyasini «Yoşlarni qöllab-quvvatlaş va aholi salomatligini mustahkamlaş yili»da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida»gi farmonining 9-bandida ilğor xorijiy tajriba va keng jamoatçilik takliflari inobatga olingan holda nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan nogironlik belgilari aniq körinib turgan, anatomik nuqsonlari bölgan şaxslarni klinik-funksional ma'lumotlarni olişga doir qöşimça tekşiruvdan ötkazmasdan turib, ular nogironligi bölgan şaxs deb topilganda nogironlikni muddatsiz davrga belgilaş tartibini joriy etilişi böyiça topşiriq berilgan», deydi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boşliği Umarali Nazarmatov.
Uşbu vazifalardan kelib çiqqan holda 2021 yil 1 iyundan boşlab belgilari aniq körinib turgan, anatomik nuqsonlari bölgan şaxslarni klinik-funksional tekşiruvdan ötkazmasdan turib, ularni nogironligi bölgan şaxs deb topilganda nogironlikni muddatsiz belgilaş amaliyoti joriy etiladi. Bu öz navbatida ekspertiza ötkaziş jarayonida byurokratik tösiqlar va turli ovoragarçiliklarga barham beriş, körik muddatini qisqartiriş hamda tartib soddalaşişiga xizmat qiladi.
Bundan taşqari, nogironlik alomatlari aniq namoyon bölgan kasalliklar, şuningdek, noxuş klinik prognozga ega xastaliklar va asoratlar bilan nogironlik belgilari aniq körinib turgan şaxslar TMEKga belgilangan muddatidan oldin yuboriladi.
Qolaversa, bunday şaxslar nogironlik belgilangunga qadar tibbiyot muassasasi tomonidan ovoragarçiliklarga yöl qöyilmasdan, statsionar şaroitda davolanişga majbur qilinmasdan, qöşimça tekşiruvlarsiz tibbiy hujjatlari rasmiylaştiriladi va nogironlik belgilaş uçun 3 iş kuni içida TMEKga yuboriladi. Bunday holatlarda nogironlik belgilari mavjudligini statsionar şaroitda isbotlaş talab qilinmaydi.
Yuqorida körsatilgan kasalliklar holatlarga mos bölgan taqdirda körikdan qayta ötkaziş muddati körsatilmasdan nogironlik guruhi belgilanadi.










