Birlaşgan Arab Amirliklari mahalliy kompaniyalarda işlaydigan boy xorijliklarga fuqarolik berişni boşladi, deb yozmoqda Financial Times.
Oxirgi oylarda önlab xorijliklarga fuqarolik berilgan. FT manbalarining sözlariga köra, Emirates aviakompaniyasi prezidenti Tim Klark, Etihad Airways boş direktori Toni Duglas, Dubayda futbol klubi oçgan «Real Madrid» sobiq öyinçisi Miçel Salgado hamda Sareem taksi servisi va Souq.com elektron tijorat platformasi asosçilari birinçilardan bölib BAA pasportini olgan.
BAA hukumatining yangi siyosati xorijlik işçi kuçiga nisbatan avvalgi yondaşuvdan butkul farq qiladi: ilgari xorijlik işçilar şartnoma tugaşi bilan mamlakatni tark etişi lozim edi, deb yozadi FT.
Endilikda BAA hukumati boy xorijliklarni mamlakatda köproq qolişga undamoqçi, deya qayd etadi naşr.
«Biz odamlar Abu-Dabini öz uylari deb ataşlarini istaymiz», — dedi BAA poytaxti iqtisodiy rivojlaniş departamenti raisi Muhammad Al Şorafa Al Hammadiy.
FT naşri suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, yangi qoida «yarim asrga» joriy etiladi. Bundan taşqari, hukumat xorijlik minglab malakali mutaxassislar va ularning oilalariga 10 yillik «oltin viza» berişni möljallamoqda.












