Çunki pandemiya davrida nafaqat oddiy insonlar, balki şifokorlar ham qörquvga tuşib qolişgan edi. Koronavirusga çalinib qolişdan, virus yuqqan bölsa uni e'lon qilişdan ham qattiq qörqildi. Qahramonimiz oddiy feldşer bölişiga qaramasdan, koronavirus balosiga qarşi astoydil kuraşdi va bemorlar dardiga şifo böldi.
Uning sözlariga köra, ilk davolaş amaliyotini Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti körsatmalari asosida amalga oşirgan. Söngra tanişlari orqali örgangan, hindistonlik şifokorlar amaliyotini tatbiq qilgan.
Şifoxonalarda joy yetişmay qolgan, uyda qanday davolaniş kerakligini bilmagan bemorlarga uyma-uy yurib, bepul xizmat körsatgan. U hatto maşinasi yoniga bepul tibbiy xizmat deb yozdirib ham olgan.

Jobirxon akaning aytişiça, bemorlarda qörquv paydo bölişi bilan immunitet pasayib ketadi. Bundan taşqari, iştaha yöqolişi ham kasallik oğir keçişiga olib keladi. Bemorlarni davolar ekan, eng avvalo ularning kayfiyatini kötarişga, ularga umid bağişlaşga harakat qilgan.
Bemorlarga ruhiy ta'sir ötkaziş maqsadida ularning yoniga maxsus kombinezon va niqoblarda emas, oddiy holda, ba'zida niqobsiz ham kirib borgan. «Agarda sizning ahvolingiz oğir bölganda men yoningizga maxsus kombinzonlarda kirardim», deya bemorlarga ruhan dalda bergan.

Jobirxon Alixonov bir özi qariyb 1,5 ming bemorning soğayişiga sabab böldi. Bu işda u bir özi harakat qilgani yöq. Unga saxovatpeşa insonlarning kömagi ham dalda böldi.
«Xudoga şukur. Allohning panohida ekanmiz, özimizga heç narsa qilmadi», — deydi qahramonimiz.
Tohirjon Tursunov tayyorladi.











