Oltiariq tumanida töqqiz yoşli qizaloq yöl-transport hodisasi natijasida vafot etdi. Bu haqda Farğona viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, hodisa 27 aprel kuni soat 16:30 atrofida Tinçlikobod köçasida sodir bölgan. Damas avtomaşinasi haydovçisi yölni belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan voyaga yetmagan B.M. ismli qizni urib yuborgan. Qizça kasalxonada olgan jarohatlari tufayli vafot etgan.

Mazkur hodisa yuzasidan, Oltiariq tumani IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilayotgani bildirilgan.

Bundan avval Farğonada Nexia va elektroskuter töqnaşişi oqibatida voyaga yetmagan yölovçi halok bölgani haqida xabar berilgandi.