Uzum yetiştirişda oltiariqliklar ança ilgarilab ketişgan. Tomorqasini sarxil uzumlar bilan töldirgan boğbonlar endi mahalla köçasiga ham söritok yasab hosil olişmoqda. Ahmadjon ota Otayev ham ana şunday boğbonlardan.
Uzumni havasga yetiştiramiz…
“Oltiariq ahli uzumni havasga ekib, havasga yetiştiradi desam, mubolağa bölmaydi. Şu kunlarda Oltiariqqa keling, közingiz quvonişi aniq. Xonadon içkarisidan ortib köçalarga ham baland qilib söritoklar yasab uzum yetiştirişga ötdik. Maqsad - ham gözallik yaratiş, ham böş turgan yerdan unumli foydalaniş.

Tomorqamiz boşdan oyoq tokzor. Köçamiz böş turgan edi, öğlim bilan maslahatlaşib köçada ham söritok tayyorlab gözal uzumboğ yaratdik.
Rizqimizga yaraşa mevalarni sotapmiz.

Ayni paytda “mers”, “qora kelin barmoq”, “kelin barmoq”, “husayni”, “şohanak” kabi uzum navlarini mehr bilan parvariş qilapmiz.
Uzumlarni qiş faslida ham sotiş uçun uzib saqlab qöamiz, qolganini söritokning özida sotamiz. Uzumlarni to Navröz bayramigaça konditsionerda(maxsus omborda) saqlaymiz.


Mehnat qilgan kam bölmaydi. Sotilgan uzumning puliga umid bilan ikkita qöy olib keldik. Xudo xohlasa, çorvani ham köpaytiriş harakatidamiz”, – deydi Ahmadjon ota Otayev.
















