Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida ayançli yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Katta tezlikda harakatlangan «Neksiya» maşinasi yöl çetiga çiqib ketib, ağnagan. Oqibatda unda yölovçi sifatida ketayotgan voyaga yetmagan bola oğir tan jarohatlari olib vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, bugun, 6 may kuni soat 7:45 larda M41 Bişkek-Duşanbe-Termiz xalqaro avtomobil yölining Jarqörğon tumani hududidan ötuvçi 1591-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi röy bergan.

Qumqörğon tumani Xöjamulki mahallasida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan M.Begzod «Neksiya» maşinasida Qumqörğon-Termiz yönalişida katta tezlikda harakatlanib özidan oldinda ketayotgan maşinani quvib ötişga uringan. Söng, boşqaruvni yöqotib yölning öng tomoniga çiqib ketgan va ağdarilib ketgan.

Oqibatda undagi yölovçilar, 1981 yilda tuğilgan ayol va uning 11 yoşli bolasi oğir tan jarohatlari olib, şifoxonaga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bola vafot etgan.

Qayd etilişiça, haydovçi maşina boşqariş huquqini beradigan guvohnomani 6 oy oldin olgan. Şu muddat içida 3 marotaba yöl harakati qoidalarini buzib ma'muriy jarima tölagan. U buzgan qoidalardan biri aynan tezlikni oşiriş bölgan.