Surxondaryo viloyati Denov tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasida «Damas» boşqarib borayotgan ayol vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 3 may kuni soat 21:30 lar atrofida M-41 Bişkek-Duşanbe-Termiz xalqaro avtomobil yölining Denov tumani Guliston mahallasidan ötuvçi 1472-kilometrida ölim bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Qayd etilişiça, Denov tumani Çambil mahallasida yaşovçi 2000 yilda tuğilgan şaxs «Vaz 2107» maşinasi bilan Denov-Sariosiyo yönalişida yölning qarama-qarşi bölagiga çiqib ketgan va öz yönalişida harakatlanib kelayotgan şu tumanning Minor mahallasida yaşovçi şaxs boşqaruvida bölgan «Damas»ga borib urilgan.

Oqibatda, «Damas» maşinasida yölovçi sifatida ketayotgan, Uzun tumani Jonçekka mahallasida yaşovçi 1952 yilda tuğilgan ayol oğir tan jarohatlari olib, şifoxonada vafot etgan. Bundan taşqari har ikki maşinada bölgan boşqa şaxslar ham tan jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Suriştiruvlarda ma'lum bölişiça, «Vaz 2107» haydovçisi belgilangan tezlik me'yorlarini buzgan holda, yuqori tezlikda harakatlangan. Söng, quvib ötiş qoidalarini ham buzib, qarama-qarşi yönalişga çiqib, «Damas»ga urilgan. Guvohlarning sözlariga köra, har ikkala maşina töqnaşgan paytda «Damas»da yonğin kelib çiqqan.
Ta'kidlanişiça, mazkur yöl-transport hodisasi yuzasidan «Vaz 2107» haydovçisiga nisbatan jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoiy iş qözğatilgan.
Surxondaryoda yuk maşinasi «avariya»ga uçradi va uning haydovçisi vafot etdi

















