Bugun, 6 may kuni tongda Uzun tumani hududida noma'lum şaxs jasadi topilgan. Viloyat IIB axborot xizmati murdaning şaxsi haqidagi ma'lumotlar hamda ölim sabablarini ma'lum qildi va hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, Uzun tumani markaziy şifoxonasining ma'lumotiga köra, bugun, 6 may kuni soat 5:45da, Sariosiyo tumanida yaşovçi fuqaro M.R. tumanning Özbekiston mahallasi hududida vafot etgan.
Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga köra, marhum yurak infarkt miokardi, bronxolnevmoniya, piyelonefrit, jigarda sirroz boşlanişi, alkogoldan zaharlaniş oqibatida vafot etgan.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Uzun tumani markazidagi köprik atrofidan noma'lum şaxsning murdasi topilgani töğrisida tarqalgan xabarda notöğri ma'lumot tarqatilgan. Şu kuni vafot etgan marhum M.R.ning şaxsi aniq bölib, u surunkali kasalligi sabab tösatdan vafot etgan.
Şu örinda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilariga mazkur tarmoqlar orqali turli mavzudagi notöğri ma'lumotlar ham tarqalayotganini ma'lum qilib, ulardan noxolis, notöğri xabarlarga işonmaslik hamda ortiqça vahimaga berilmaslikni söraymiz», deyiladi munosabatda.











