Fond xabariga köra, eşitiş qobiliyati zaif bolalar uçun ta'limni rivojlantiriş dasturi doirasida bu yil uşbu maktab zamonaviy FM-tizimlari, nutqni rivojlantiriş uçun maşğulot uskunalari kabi maxsus yordamçi uskunalar bilan jihozlanadi.

«Barça öquvçilar eşitiş qobiliyati diagnostikasidan ötkazildi. Uning natijalariga köra, maktabga 204 ta eşitiş apparati ajratiladi va koxlear implantatsiyalar ötkaziladi.

Şu yöl bilan bolalar uçun ta'lim va hayotni idrok etiş sifati sezilarli darajada yaxşilanadi», – deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Nukus şahridagi maktab bilan bir qatorda Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan va Farğona viloyatlaridagi yana 7 ta ixtisoslaştirilgan maktab-internatlar yordamçi uskunalar bilan ta'minlanadi.

Eslatib ötamiz, Zamin fondi kar va zaif eşituvçi bolalar uçun ta'lim sifatini oşiriş dasturini amalga oşirmoqda. Dastur doirasida eşitiş qobiliyati zaif bolalar uçun ixtisoslaştirilgan 18ta maktabda informatika sinflari zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.