Özbekistonda hozirda 15 ming nafarga yaqin inson eşitiş qobiliyatida tuğma yoki orttirilgan zaiflik bilan yaşamoqda. Ular orasida bolalar ham ançagina.
«Zamin» fondi eşitiş qobiliyati zaif bolalar uçun ta'limni rivojlantiriş dasturini taqdim etdi. Loyiha doirasida jarrohlik amaliyoti yöli bilan öquvçilarning eşitiş qobiliyatini tiklaş ustida iş olib boriladi. Har yili 30 nafar maktab yoşidagi bolaga implantatsiya uçun jarrohlik amaliyoti bepul ötkazib beriladi.

2020 yil iyun oyida boşlangan dastur hozirga qadar 36 nafar bolani tovuşlar dunyosiga qaytardi – ularning eşitiş qobiliyati tiklandi.
Maqolamiz qahramoni Ismoil Ravşanov ham şular sirasida. 6-sinfda öqiyotgan Ismoil 2020 yilning mart oyida zaharlaniş oqibatida eşitiş qobiliyatini yöqotgan edi.
– Operatsiyadan oldin heç qanday tovuşni eşitmasdim. Quloğim şiğillab turaverardi. Bu juda ham oğir... Gapirişsa-yu, men eşitmay qolsam, juda ham xafa bölardim. Bir özim qolişni xohlardim. Özimga özim savol berardim, endi qanday qilib öqiyman deb.
Keyin esa operatsiya qilişdi, quloğimga apparat qöyildi va men yana tovuşlarni eşita boşladim. Şundan keyin juda ham xursand böldim. Endi heç qaçon xafa bölmayman, yiğlamayman ham. Allohga hamd aytaman, alhamdulillah. Eşitiş juda katta ne'mat ekan, men avval buning qadriga yetmagan ekanman. Hozir oldingi holatimga qaytdim, – deya öz xursandçiligini ifodalaydi Ismoil.
Ismoilning onasi Nozima Tojiboyeva öğlining operatsiyagaça va undan keyingi hayoti haqida gapirib berdi.

– Ötgan yilning 2 mart kuni öğlimda zaharlaniş kuzatildi. Yuqumli kasalliklar şifoxonasiga olib bordik, lekin ular bu bizning kasal emas, deb qaytarib yuborişdi. Tahlillarni topşirgunimizga qadar holati yomonlaşa boşladi. Boşqa kasalxonaga borgunça juda oğir ahvolda edi – yuragi töxtagan, qon bosimi tuşib ketgandi. Avval reanimatsiyaga, keyin komaga tuşib qoldi. Zahar qoniga ötib ketgan ekan. 8 kun komada yotdi. Oyoq-qöli ham işlamasdi.













