Vazirlar Mahkamasining “Nogironligi bölgan şaxslar işlari böyiça idoralararo kengaş faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Nogironligi bölgan şaxslar işlari böyiça idoralararo kengaş tarkibi;
  • Nogironligi bölgan şaxslar işlari böyiça idoralararo kengaş töğrisida nizom.
  • Boş vazirning ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Idoralararo kengaş raisi hisoblanadi. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligi - uning işçi organi.

Nizom Idoralararo kengaşning asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, uning faoliyati tartibi, şuningdek uning samaradorligiga doir talablarni belgilaydi.

Quyidagilar Idoralararo kengaşning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • nogironligi bölgan şaxslarning huquqlarini ta'minlaş sohasidagi davlat siyosatini amalga oşiruvçi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş;
  • nogironligi bölgan şaxslarning soğliğini tiklaş, ularni reabilitatsiya qiliş, ijtimoiy himoya qiliş va huquqlarini ta'minlaşga doir davlat dasturlarini amalga oşirişda iştirok etiş;
  • nogironligi bölgan şaxslarning ta'lim olişi, ularni kasbga tayyorlaş, qayta tayyorlaş, malakasini oşiriş, mehnat qilişi va bandligiga kömaklaşiş;
  • nogironligi bölgan şaxslarning jamiyat va davlat hayotida töla huquqli tarzda iştirok etişi uçun qulay şart-şaroitlar yaratişda iştirok etiş.