Joriy öquv yilida Toşkent şahrida 24 mingdan ortiq bitiruvçi oliygohlarga hujjat topşiradi. Bu haqda Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasi bölim boşliği Faroğat Ahmadjonova xabar berdi.
Faroğat Ahmadjonova bitiruvçi öquvçilarning bandligi masalasiga töxtalib ötar ekan, joriy öquv yilida Toşkent şahridagi maktablarda 29 mingdan ortiq öquvçi 11-sinf bitiruvçilari ekanini ma'lum qildi.
«Bitiruvçilar bilan maktabni tamomlagandan söng rejalaştirayotgan işlari haqida sörovnoma ötkazildi. Sörovnoma natijalariga köra, 24 mingdan ortiq, ya'ni 85 foiz bitiruvçilar oliy ta'lim muassasalarida öqiş istagini bildirişdi. 1700dan ortiq öquvçi kasb-hunar kollejlari va texnikumlarda öqiş istagini bildirgan bölsa, 2000dan ortiq öquvçilar maktabni bitirib, işlaş istagini bildirişgan. 400dan ortiq bitiruvçi xorijda ta'limni davom ettiriş va mehnat faoliyatini ham boşlaş niyatini bildirgan. Ularning 274 nafari esa harbiy xizmatni ötaş istagi borligini aytişgan.
Şu bilan birga, ta'limga tortilmaydigan 57 nafar nogironligi bor bitiruvçilar bilan tarğibot-taşviqot işlari olib borilmoqda. Ularni uy şaroitida bölsa ham bandligini ta'minlaş işlari hamkor taşkilotlar bilan amalga oşirilmoqda», deydi Faroğat Ahmadjonova.
Ötgan yili bitiruvçilarning 36 foizi OTMlarga öqişga kirgan bölsa, joriy öquv yilida bu natija ança yuqori bölişi kutilmoqda. Çunki ayni paytda poytaxt maktablarida 70dan ortiq öquvçi muddatidan avval xorij OTMlarga öqişga kirgan.
2020 yilda bitiruvçilarning oliy ta'lim muassasalariga kiriş körsatkiçlari tahlili yuzasidan Toşkent şahri respublikada 2-örinni egallagan va Xalq ta'limi vaziri superkontrakt hamda yangi oçilayotgan xususiy va xorijiy universitetlar qabullari natijalari böyiça Toşkent şahri körsatkiçida yil yakunigaça qöşimça özgarişlar bölişi mumkinligini aytgandi.
Vazir Şerzod Şermatov oliy ta'lim muassasasiga bironta ham öquvçisi kirmagan maktablar soni 2020 yilda 3 barobarga kamayib, 692tani taşkil etayotgani haqida ma'lumot bergandi. Ma'lumot uçun, bunday maktablar soni 2019 yilda 2126ta bölgan.










