AQŞ qöşinlarining Afğonistondan çiqib ketişi va Tolibon bilan töqnaşuvlar jadallaşgani fonida, hukumat armiyasi maxsus operatsiyalar korpusi (ANASOC) qömondoni, general-leytenant Muhammad Farid Ahmadi qöşni davlatlarga terrorçilikka qarşi kuraşiş yölida milliy sa'y-harakatlarni amalda birlaştirişni taklif qildi.

U Military Times'da e'lon qilgan maqolasida, bir neçta davlatlarning maxsus topşiriqli harbiylari (spetsnaz) iştirokida Afğonistonda harbiy bölinmalar taşkil etiş ğoyasini örtaga taşlagan.

Qömondonning fikriça, qöşma harbiy tuzilmani yaratiş – Afğoniston hududida mujohidlarning hujumini samarali qaytariş hamda terrorçilik guruhlarining Markaziy va Janubiy Osiyodagi qöşni davlatlarga yoyilişining oldini oliş imkonini beradi.

Bundan taşqari, maxsus operatsiyalar böyiça milliy tuzilmalar şu orqali katta jangovar tajriba orttiradi, deya hisoblamoqda u.

Afğon generalining taklifi haqida söz yuritgan rossiyalik kuzatuvçi Aleksandr Xrolenkoning yozişiça, AQŞ Davlat departamentining Afğoniston böyiça maxsus vakili Zalmay Xalilzod ham «spetsnaz döstligi» ğoyasini qöllab-quvvatlayotganini taxmin qiliş mumkin. Şu bilan birga, Xrolenko ğoya amalga oşişi ehtimoli pastligini qayd etgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Mudofaa doktrinasiga asosan, mamlakat Qurolli Kuçlari xorijdagi tinçlik örnatiş bilan boğliq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda iştirok etmaydi.