Joriy yilning 27 mart va 27 aprel kunlari mazkur vaksinaning avvalgi 2 million dozasi keltirilgan edi. Şuningdek, mart oyida 660 ming doza AstraZeneca, aprel oyida 100 ming doza «Sputnik V» vaksinalari ham olib kelingan.

«Şunday qilib, Özbekistonning vaksina zaxirasi 3 million 760 ming dozaga yetmoqda. Ayni paytgaça foydalanilgan 1 million 346 ming dozadan ortiq vaksinaning 62 foizi, ya'ni 842 ming dozadan ortiğini ZF-UZ-VAC2001 taşkil qilmoqda. Şundan ayni paytgaça 91 ming nafardan ortiq yurtdoşimiz özbek-xitoy vaksinasining 2-bosqiçi bilan ham emlangan», deyiladi vazirlik xabarida.



Ma'lumot uçun, 17 may kuni ZF-UZ-VAC 2001 bilan emlaniş 34 416 dozani taşkil qilib, uşbu vaksina bilan kunlik emlaniş körsatkiçi 56 foizga yetgan.
Bundan taşqari, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Botir Qurbonov iyun oyida respublikaga AstraZeneca vaksinasining keyingi dozalari ham olib kelinişi haqida ma'lum qilgan.
«Sputnik V» vaksinasining qöşimça dozalari ham yaqin orada olib kelinişi rejalaştirilgan.
Yil oxiriga qadar Özbekiston vaksinasi ham e'lon qilinişi haqida xabar berilgan edi.











