Özbekiston yil yakuniga qadar öz vaksinasini yaratadi. Hozirda bu borada klinik sinovlar ötkazilmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati boşliği örinbosari Botir Qurbonov Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Botir Qurbonovning sözlariga köra, butun dunyoda bölgani kabi Özbekiston ham vaksina işlab çiqariş böyiça işlamoqda. Uşbu jarayon Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlaniş vazirligi tomonidan taşkil etilgan. Olimlar va mutaxassislar bu masalada tadqiqot olib bormoqda.
«Yil yakuniga qadar çindan özbek olimlari tomonidan yaratilgan Özbekiston vaksinasi namoyiş etiladi. Vaksinaning nomi hozirça sir. Vaksina birinçi va ikkinçi klinik sinov bosqiçlaridan ötib, uçinçi klinik sinov bosqiçiga yetganda, ya'ni odamlarda foydalaniş boşlanganda nomi ma'lum qilinadi. Çunki bu vaksina hali qançalik samarali ekanligi töliq örganib çiqilmadi», deydi Qurbonov.
Ma'lumotlarga köra, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi mutaxassislari va qömita huzuridagi Hayvon kasalliklari taşxisi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat ilmiy markazi olimlari ham Rossiyaning hayvonlar uçun möljallangan koronavirusga qarşi «Karnivak-Kov» vaksinasi sinov jarayonlarini Özbekistonda ham ötkaziş böyiça muzokaralar olib borişmoqda.
















