AQŞ Guantanamo turmasida saqlanayotgan eng keksa mahbus – 73 yoşli pokistonlik Sayfulloh Paraçani ozod qilişini e'lon qildi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Paraçaning advokati uning himoyasi ostidagi “Al-Qoida” bilan aloqalarda gumon qilinib, panjara ortida uşlanganini, biroq heç qaçon unga biror jinoyatni sodir etiş ayblovi qöyilmaganini ma'lum qilgan. Turmada 16 yil ötkazgan Paraça boşqa ikki mahbus bilan birga mahbuslarni nazorat qiliş komissiyasi tomonidan oqlangan. Advokatning ta'kidlaşiça, AQŞning uşbu qarori Paraça AQŞ uçun “boşqa xavf solmasligi”ga asoslangan.

Ma'lumotlarga köra, Paraça köp yillar davomida Nyu-Yorkda yaşagan va tadbirkorlik bilan şuğullangan. AQŞ hukumati u “Al-Qoida”ning 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktni uyuştirgan ikki terrorçiga moliyaviy operatsiyani ötkazişga yordam bergan “vositaçisi” bölganini ta'kidlagan. Paraçaning özi uşbu şaxslar “Al-Qoida”ga aloqador ekanini bilmaganini va terrorçilikka heç qanday aloqasi yöqligini aytgan.

Guantanamo turmasi AQŞning Kubadagi harbiy-dengiz bazasida joylaşgan bölib, unda AQŞ tomonidan turli jinoyatlarda, jumladan, terrorçilikda va duşman tomonda jang qilganlikda ayblanganlar saqlanadi.