Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ota aliment o‘rniga farzandlariga uy berdi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida ota aliment o‘rniga farzandlariga o‘ziga tegishli bo‘lgan uy va hovlisini bergan. Bu haqda MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining 2011 yil 2 martdagi qarori bilan Kitob tumanida yashovchi qarzdor D.Yu.dan da'vogar G.S. foydasiga 4 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun har oyda ish haqi va topgan daromadining ikkidan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Kitob tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor ota aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan. Shuningdek, D.Yu. kelgusidagi aliment pullarini bir yo‘la to‘lash hamda farzandlari kelajagi uchun ularga alohida boshpana berish maqsadida o‘ziga tegishli bo‘lgan hovlini undiruvchi G.S.ga rasmiylashtirib berishni lozim topgan. Ushbu kelishuv notarius orqali rasman tasdiqlanib, mazkur ijro hujjati tegishli tartibda tamomlangan.
Mavzuga oid
09:31 / 13.06.2026
Ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan “soxta prokuror“ ushlandi
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
18:42 / 05.06.2026