Samarqand viloyati Samarqand tumanida tanişining 121 million sömlik 19 tonna temir armaturasini olib, pulini bermay kelayotgan firibgarlarga jinoiy iş qözğatildi. Bu haqda IIV huzuridagi tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 43 yoşli fuqaro Z.Maxmur Samarqand viloyati hokimiga ariza bilan murojaat qilib, özining tanişlari bölgan firibgarlardan 121 million söm pulini undira olmay yurganini ma'lum qilgan.

Murojaatda yozilişiça, 2020 yilning mart oylarida Z.Maxmur Samarqand tumani Örtaşiq mahallasida joylaşgan öziga tegişli MÇJ omboridan tanişlari 23 yoşli I.Şerzod va X.Murodillolar 10 kun davomida pullarini beriş şarti bilan 1 tonnasi 6.400.000 sömdan bölgan jami 121.600.000 sömga teng 19 tonna temir armaturalarini olib ketib, hanuzgaça turli bahonalarni vaj qilib, pullarini bermasdan kelayotganliklarini ma'lum qilgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Ta'kidlanişiça, jinoyat işi doirasida jinoyatning kelib çiqiş sabablari, taraflarning vajlari örganilib, huquqiy baho berilişi ma'lum qilingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.