Samarqand viloyati Past Darğom tumanida 13 000 AQŞ dollari evaziga fuqaroga yer olib bermoqçi bölgan mansabdor va fermer qölga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 17 may kuni Samarqand viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi, DXX ning viloyat boşqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida Past Darğom tumanida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda Past Darğom tumani Davlat soliq inspektori B.J. va fermer höjaligi raisi X.B. pavloniya köçatini ekiş niyatida yurgan fuqarodan tuman hududidan 15 gektar yer maydonini rasmiylaştirib berişni va'da qilib, evaziga firibgarlik yöli bilan 13 000 dollar olayotganda uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandda fuqaroni xorijga yuborişni va'da qilgan firibgar uşlandi










