Buxoro viloyati Buxoro tumanida zaxiradagi yer maydonini 8 ming AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan şaxs uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, Boş prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.H. firibgarlik jinoyatini sodir etayotganda qölga olingan. Jumladan, u fuqarolar J. va B.ning işonçiga kirib, ularga Buxoro tumani «Foşun» MFY hududidagi tuman hokimligi zaxirasida bölgan 8 sotix yer maydonini firibgarlik yöli bilan sotişni rejalaştirgan. Tadbir davomida A.H. J. va B. dan oldindan kelişilgan 8 ming dollarni olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan A.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.