Toşkent şahar Yunusobod tumanida ikki nafar talaba özganing xonadoniga kirib, öğrilik jinoyati sodir etgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, joriy yilning 15 may kuni X. D. «102» qisqa raqamiga bergan xabariga köra, 2020 yilning taxminan may oyidan 2021 yilning 15 may kuniga qadar bölgan vaqt oraliğida noma'lum şaxslar Yunusobod tumani Yangiariq mahallasida joylaşgan xonadon qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, kalit tanlaş yöli bilan ğayriqonuniy ravişda kirib, umumiy narxi 60 ming AQŞ dollari bölgan, Koreya davlatida işlab çiqarilgan «Chevrolet» rusumli avtomaşinalarning turli xildagi ehtiyot qismlarini öğirlab ketganini ma'lum qilgan.

Tezkor qidiruv harakatlari jarayonida uşbu jinoyatni Yunusobod tumanida yaşovçi talabalar — 19 yoşli A.Z. va 18 yoşli X.A. sodir etgani aniqlanib, ulardan bir neçta turdagi avtomaşina ehtiyot qismlari aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (öğrilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, A.Z. va X.A. protsessual tartibda uşlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.