Davlat statistika qömitasi 2021 yilning ötgan 4 oyi mobaynida avtomobilsozlik sanoati tomonidan işlab çiqarilgan yengil transport vositalari sonini e'lon qildi. Unga köra, şu yilning yanvar-aprel oylarida 18 223 dona Cobalt işlab çiqarilgan va Uzauto tomonidan hisobot davrida eng köp yetkazib berilgan avtomobil hisoblanadi.
Kun.uz muxbiri Özbekiston avtosanoatida avtomobil işlab çiqariş nega kamaygani xususida Özavtosanoat Axborot xizmatiga savol bilan murojaat qildi.
Axborot xizmati rahbari Zumrad Şojalilovaning bildirişiça, bu masalaga 2021 yil mart oyi boşida taşkil etilgan press-tur doirasida birinçi çoragida oydinlik kiritilgan va hamon dolzarb bölib turibdi.
Unga köra, COVID-19 pandemiyasi jahon avtomobil sanoatining yarimötkazgiçli mahsulotga talabini qondiriş borasida salbiy ta'sir körsatişi davom etmoqda.
Pandemiya davrida turli gadjetlar va elektron texnikaga bölgan talabning ösganligi butun dunyoda yarim ötkazgiçlar böyiça sezilarli tanqislikni yuzaga keltirgan. Çiplar yetkazib beriş va logistika zanjirlarining uzilişi oqibatida qator avtozavodlar yopilgan, boisi 2020 yil boşida mikroprotsessorlar xaridini maksimal darajada qisqartirgan.
Zamonaviy avtomobillarning aksariyatida önlab mikrosxemalar işlatiladi, ayrim holatlarda ular soni 150 tagaça boradi. Çiplar, amalda, davigatelning işlaş rejimidan to navigatsiya tizimlarigaça – barça jihatlar uçun javob beradi. Afsuski, global muammo “Uzauto Motors” AJ kompaniyasiga ham, jumladan 2021 yil ikkinçi çoragi uçun möljallangan işlab çiqariş rejalariga ham ta'sir körsatmay qolmadi.
Qayd etilişiça, jahon avtomobilsozlik sanoatining yarim ötkazgiçli butlovçi qismlarga talabi tölaqonli qondirilişidagi muvaqqat çeklovlar hamon saqlanib qolmoqda. Bu esa, öz navbatida, Özbekiston avtosanoati tomonidan yengil avtomobillar işlab çiqariş soniga ham özining salbiy ta'sirini körsatmoqda.












