Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-aprel oylarida 18 223 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.

2021 yilning yanvar-aprel oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • “Cobalt” - 18 223 dona; 
  • “Damas” - 17 666 dona; 
  • “Lacetti-Gentra” - 12 047 dona;
  • “Nexia T-250” - 9 279 dona; 
  • “Labo” - 3 949 dona;
  • “Spark” - 3 823 dona.

Bundan oldin, uch oy davomida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil nomi aytilgandi.