Şu munosabat bilan mazkur fanlar böyiça olimpiada iştirokçilari bölgan iste'dodli öquvçi-yoşlar, ularning öqituvçilari, hakamlar jamoasi va mehmonlarni  kutib oliş va olimpiadani munosib taşkiliy tayyorgarlik bilan ötkaziş maqsadida viloyat hokimligi, viloyat xalq ta'limi boşqarmasi tomonidan katta hozirlik körildi. 

Fan olimpiadasiga mamlakatning barça hududlaridan keluvçi iştirokçilar va mehmonlar uçun turli ma'naviy-ma'rifiy, madaniy dam oliş va köngiloçar tadbirlar uyuştiriş rejalaştirilgan. 

Şuningdek, mehmonlar uçun sayohat dasturlari, xususan, respublikamizda betakrorligi bilan ajralib turadigan, «Afsonalar vodiysi»ga, yoşlar kutubxonasi hamda viloyatning turli köngiloçar joylariga mazmunli safarlar taşkil etiş közda tutilgan. 

Ahamiyatlisi, olimpiada iştirokçilari bölgan yoşlar va mehmonlar gullar şahri — Namanganning ramziga aylangan va xalqaro festival maqomini olgan an'anaviy 60-Gul bayrami tantanalaridan bahra oladilar.

Iştirokçi va mehmonlarni sinovlar jarayoniga hamda ular joylaştirilgan manzillarga olib borib-keliş uçun avtobuslar hamda transport vositalari hozirlangan.

Olimpiadani şaffof va adolatli tarzda ötkaziş maqsadida auditoriya kuzatuv kameralari bilan jihozlangan va töğridan töğri translatsiya uzatiş yölga qöyilgan. 

Şuningdek, Xalq ta'limi vazirligi mas'ullari bilan ommaviy axborot vositalari vakillari iştirokida matbuot anjumani ötkaziladi.