Ötgan öquv yili davomida xalqaro fan olimpiadalarida faol iştirok etib, ğolib bölgan 107 nafar ğolib olimpiadaçi va ularning 83 nafar ustozi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Ular Özbekistonga jami 210 ta medalni hadya qilgan. Ma’lumotlarga köra, ğoliblarni munosib taqdirlaş uçun davlat budjetidan 12,4 mlrd söm pul ajratilgan.
2025 yilda özbekistonlik öquvçilar 29 ta xalqaro olimpiadadan jami 210 ta medal: 40 ta oltin, 78 ta kumuş, 92 ta bronza medal qölga kiritdi. Ular qatorida dunyoning eng nufuzli fan olimpiadalari tarixida yangi natija qayd etilgani e’tiborga arzirli.
15 dekabr kuni Toşkentda 107 nafar ğolib olimpiadaçi va ularning 87 nafar ustozi pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Mukofotlanganlar orasida 1 mlrd sömdan köproğiga loyiq körilganlari ham bor.
Taqdirlaş marosimida eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uçun:
oltin medalga – 1 mlrd 30 mln söm, öqituvçisiga – 185,4 mln söm;
kumuş medalga – 618 mln söm, öqituvçisiga – 103 mln söm;
bronza medalga – 412 mln söm, öqituvçisiga – 61,8 mln söm
Xalqaro olimpiadalardagi medallar uçun:
oltin medalga – 61,8 mln söm, öqituvçisiga – 20,6 mln söm;
kumuş medalga – 41,2 mln söm, öqituvçisiga – 14,42 mln söm;
bronza medalga – 20,6 mln söm, öqituvçisiga – 12,36 mln söm
Mintaqaviy xalqaro olimpiadalardagi medallar uçun:
oltin medalga – 4 mln 944 ming söm, öqituvçisiga – 20,6 mln söm;
kumuş medalga – 3 mln 296 ming söm, öqituvçisiga – 14,42 mln söm;
bronza medalga – 2 mln 472 ming söm, öqituvçisiga – 12,36 mln söm berildi.
Ma’lumot uçun, joriy yilda xalqaro fan olimpidalari ğoliblari va ularning ustozlarini munosib taqdirlaş uçun davlat budjetidan jami 12 mlrd 424 mln sömga yaqin mablağ ajratilgan.
Eslatib ötamiz, öquvçisi mintaqaviy xalqaro olimpiada hamda asosiy olimpiadaning respublika bosqiçi ğolibi bölsa, öqituvçi maoşiga 100 foiz har oylik ustama berilişi kerak.
















