“Toşkent 5 taşabbus harakati” festivali doirasida yoşlarning AKT yönalişi vakillari bilan uçraşuvi bölib ötdi. Boş vazir maslahatçisi Olimjon Umarov Özbekistonda internet tezligi pastligi masalasiga töxtalib ötdi.

“Men sehrgar emasman, internet tezligini oşirib yuborolmayman. Biroq bu borada işlar olib borilmoqda, qiladigan işlar bor hali. Sönggi bir neça yil içida internet narxi arzonlaşgan. Sun'iy yöldoş orqali internet aloqa qimmat va stabil emas. Eng barqaror internet optik tolali aloqa orqali böladi”, – dedi u.

Olimjon Umarovning ma'lum qilişiça, 2015 yilda butun respublika böylab 2 ming kilometr uzunlikdagi optik tolali kabellar tortilgan. Joriy yil 50 ming km kabel tortiş rejalaştirilgan.

“1 iyundan boşlab aloqa operatorlari uçun internet narxi özgaradi, narxlar yana 15 foizga pasayadi. Yana bir muhim jihat. Ilgari “tezlik 4 mbgaça” deb yozişardi. Endi öşa “gaça” degan joyi bölmaydi. Agar siz internet uçun 100 ming söm tölasangiz, siz xizmatlarning butun hajmi uçun tölagan bölasiz. Agar sekundiga 10 mb yozilgan bölsa, demak, xuddi şunça tezlik bölişi kerak”, – dedi boş vazir maslahatçisi.

Eslatib ötamiz, 2018 yilda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi hamda «Özbektelekom» AK tomonidan taşkil etilgan hisobot anjumanida ham endilikda tarif rejalarida «gaça» qöşimçasi bölmasligi aytilgandi.