Toşkent viloyati Qibray tumaniga qaraşli 21ta mahalla fuqarolar yiğini (jami 4402 gektar) Toşkent şahri tarkibiga ötkazilişi rejalaştirilmoqda.

Qibray tumani hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilişiça, 20 may kuni bu böyiça Xalq deputatlari Qibray tuman kengaşining tegişli qaror loyihasi işlab çiqilgan.

Xususan, Qibray tumanidagi:

Jarboşi, Taşisti, Ibrat, Mirişkor, Arğin, Bahor, Çinor va Tovkentepa mahallalari (2107,4 gektar) Toşkent şahrining Yaşnobod tumaniga;

Geofizika, Alişerobod, Çingeldi, Döstlik, Taraqqiyot, Barkamol, Boğişamol, Vatanparvar, Amir Temur, Mevazor, Gulboğ, Gulzor-1 va Pastki-yuz mahallalari (2294,6 gektar) poytaxtning Mirzo Uluğbek tumani tarkibiga ötkazilişi mumkin.

Avvalroq, Sergeli tumanida ayrim mahallalarning çegaralari özgartirilib, yangi mahallalar taşkil etilganligi ma'lum qilingandi.