Ijtimoiy tarmoqda «Qoraqalpoğistonda haydovçiga qöl kötaradigan YPX xodimi» sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. IIV YHXB mazkur holat yuzasidan ma'lumot berdi.
Qayd etilişiça, 18 may kuni soat 11:15 larda Xöjayli tumani, Nukus guzari köçasida xizmat olib borayotgan IIV YHXB YPX inspektori A.Yeşmurzayev tomonidan haydovçi T.B. boşqaruvida bölgan «Isuzu» piyodaga yöl bermaganligi uçun töxtatilgan. Unga qoidabuzarlik böyiça tuşuntiriş berilgan.
Şundan söng haydovçi qoidabuzarlikni tan olmay qöl telefoniga tasvirga olişni boşlagan vaqtda, haydovçining otasiman deb taniştirgan fuqaro inspektorga avtomobilning hujjatlarini olib berib qoğoz bayonnomaga rasmiylaştirişni söragan.
Bayonnoma rasmiylaştirilganidan söng haydovçi imzo qöyişdan boş tortgan va YPX inspektori bilan haydovçi örtasida nizoli vaziyat kelib çiqqan.











