Samarqand şahrida töxtab qolgan tramvayni boşqa transport vositalarining harakatlanişiga xalaqit bermasligi uçun odamlar itarib çetga ötkazgan. Bu haqda şahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Samarqand şahri 1-sonli «Sartepa maskani-temir yöl bekati» yönalişida harakatlanayotgan 1012-sonli tramvay vagoni elektr tarmoğidagi qisqa uziliş natijasida Mirzo Uluğbek va Buyuk Ipak yöli köçasining kesişgan çorrahasida harakatdan töxtab qolgan.
Şundan söng, yuzaga kelgan vaziyatning oldini oliş hamda harakat xavfsizligini ta'minlaş va boşqa yönalişdagi avtotransport vositalariga xalaqit qilmasligi uçun tramvay içida bölgan yölovçilar vagonni çorrahadan olişga yordamlaşgan. 2 soat vaqt oraliğida elektr tokidagi uziliş holati tuzatilgan va 1012- sonli vagon iş faoliyatini davom ettirgan.
Qayd etilişiça, tramvay töxtab qolganda va uni çorrahadan oliş jarayonida hamda u töxtab turgan vaqt oraliğida heç qanday noxuş holatlar kuzatilmagan.
P.S. Samarqand şahrida tramvaylarning elektr ta'minotidagi uzilişlar tufayli töxtab qolişi – bu tez-tez sodir bölib turadigan holat hisoblanadi. Şahar aholisini tramvay vagonlarning yöllarda töxtab qolaverişi ajablantirmay qöygan.











