Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 may kuni maktabgaça ta'lim qamrovini kengaytiriş yuzasidan yiğiliş ötkazdi.

Rasmiy xabarga köra, yiğilişda vazirning birinçi örinbosari Qahramon Olimov «öz faoliyatida sustkaşlikka yöl qöygani uçun» lavozimidan ozod etilgan.

«Vazirning boşqa örinbosarlari hamda vazirlikning barça hududiy boşqarmalari boşliqlari öz vazifasini bajaruvçi darajasiga tuşirildi. Ularning öz lavozimiga loyiqligi keyingi faoliyati natijadorligi tahlili asosida körib çiqilişi belgilandi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma'lumot uçun, professor Qahramon Olimov 2020 yil mart oyida prezident qarori bilan maktabgaça ta'lim vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangandi.

U bungaça vazirlikda boşqarma boşliği, Buxoro muhandislik texnologiya institutining birinçi prorektori lavozimlarida işlagan.

MTV rahbariyati rossiyalik hamkorlar bilan / Foto: Vazirlik matbuot xizmati

Maktabgaça ta'lim vaziri sifatida vazirlik taşkil etilgan 2017 yildan buyon Agrippina Şin faoliyat yuritmoqda.