Toşkent tumanida gaz quvurlarini kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş munosabati bilan 24-27 may kunlari oraliğida gaz ta'minotida uzilişlar kuzatiladi. Bu haqda Toşkent tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

«Toşkent tumanidagi gaz quvurlarini va undagi qurilmalarni 2021-2022 kuz-qiş mavsumida barqaror işlaşiga tayyorlaş, aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta'minlaş maqsadida "Toşkent tumangaz" gaz ta'minoti bölimi tasarrufida bölgan foydalanişdagi yuqori va örta bosimli gaz quvurlarini loyihaviy bosimga kötarib sinaş, yer osti quvurlari himoya qobiğini maxsus uskuna yordamida tekşiriş işlari olib borilişi munosabati bilan, joriy yilning 24-27 may kunlari ertalab soat 08-00dan iş yakunlangunga qadar bölgan vaqt davomida tabiiy gaz ta'minoti vaqtinçalik  töxtatilişini ma'lum qilamiz», deyiladi xabarda.