Jinoyat işi Jinoyat kodeksining 103-1-moddasi (Özini özi öldirişga undaş) bilan bugun, 27 may kuni qözğatilgan.

Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinovning ma'lum qilişiça, iş tergov ötkaziş uçun Past Darğom tuman IIB Tergov bölimiga yuborilgan.

Eslatib ötamiz, 17 yoşli maktab öquvçisining jasadi 12 may kuni topilgani haqida Kun.uz xabar bergan edi.

Keyinroq Kun.uz suriştiruvi qiz ölimidan oldin zörlangan bölişi mumkinligini körsatgandi.

Xususan, marhumning yaqinlariga köra, qiz bilan bir maktabda öqigan 10-sinf öquvçisi maktab qorovulxonasida uning nomusiga tekkanini tan olgan.

«Qorovulxonani közdan keçirganimizda, qon izlari yuqib qolgan oq mato bor edi. Bundan taşqari, devorda barmoq izlari va tirnalgan joylarni kördik. Ş. aynan «şu xonaga qizni olib keldim va zörladim», dedi. Şundan söng profilaktika inspektori qon doğlari tekkan matoni paketga soldi», – deydi marhumning qarindoşi Bahodir Mahmudov.

Kun.uz öz suriştiruvi davomida mahalla profilaktika inspektori bilan boğlana olmadi. Maktab qorovulxonasi esa ayni paytda ta'mirlab qöyilgan. Bu esa qizning yaqinlarida dalillar yöqotilgan bölişi mumkin degan xavotirni yuzaga çiqarmoqda.

Suratda öngda – maktab qorovulxonasi / Foto: Kun.uz

Tuman prokuraturasi tergovçisi Loçin Nurmurotovga köra, sud tibbiy ekspertizasi «ölim suvga çökiş sababli kelib çiqqan, uning qizlik pardasi butun, jinsiy a'zolarida jarohatlar aniqlanmadi», deya dastlabki xulosani bergan.

Biroq mayitni yuvgan Klara Hayitovaning Kun.uz bilan suhbatda aytişiça, qizning yelka qismida, labida kökariş, şiş, jinsiy a'zolari qontalaş va jarohat izlari bölgan.