Past Darğomda murdasi topilgan öquvçi qiz ölimidan oldin zörlangani aytilmoqda. Prokuratura buni inkor etyapti
|15:00 / 26.05.202177 24411 min
Qizning yaqinlariga köra, gumondorlardan biri marhumani zörlaganini köpçilik oldida tan olib aytgan. Voqea joyi – maktab qorovulxonasi şubhali tarzda ta'mirlab qöyilgan, u yerdan olingan aşyoviy dalillar yöqotilgan bölişi mumkin.
12 may kuni Samarqand viloyati Past Darğom tumanidan oqib ötuvçi kanaldan 17 yoşli qizning jasadi topilgan edi.
Bu haqda Kun.uz e'lon qilgan dastlabki xabarda, tumandagi 45-maktabda öqigan qizning yaqinlari u ölimidan oldin qişloqdoş tört yigit tomonidan nomusi toptalgan bölişi mumkinligini aytgani ma'lum qilingandi.
Kun.uz muxbirlari holatni örganiş maqsadida Past Darğom tumanida böldi.
Marhumaning onasi Xadiça Hayitova 2021 yilning 11 mayida, sahar vaqti qizi yöqolib qolganini aytmoqda. Buvisi bilan bir xonada tunab kelgan Sevinçning uyda yöqligini bilgaç, oila a'zolari uni qişloq böylab izlaşga kirişadi. Köp ötmay Sevinç işlatib kelgan qöl telefoni va uning oyoq kiyimi qişloq çetidagi anhor böyidan topiladi.
Telefondagi kiriş-çiqiş qönğiroqlari közdan keçirilganda, sahar vaqtida begona raqamdan unga qönğiroq bölgani aniqlanadi.
Öşa raqamga qönğiroq qilinganda, şu mahallada yaşovçi O. ismli yigit ekani ma'lum böladi. Öşa yigit qizning yaqinlariga yarim tunda 45-umumta'lim maktabining oldida Sevinç tört nafar qişloqdoş yigitlar ta'qibidan qoçayotganini körganini aytgan.
O.ning sözlariga köra, u qizni ta'qib qilayotgan yigitlarni töxtatib, söroqqa tutgan; şundan söng yigitlar közdan ğoyib bölgan qizning qayerdaligini topiş maqsadida uning telefonidan foydalanib, Sevinçning qölidagi telefonga qönğiroq qilişgan.
Vaziyat jiddiy tus ola boşlaganini bilgaç, qattiq taşvişga tuşgan yaqinlari sahar vaqtida qizni tahqirlaşga uringan yigitlarni topişgan. Sevinçning qarindoşi Bahodir Mahmudov qizning yöqolişida gumon qilingan yigitlar mahalla binosi va maktab hovlisida söroqqa tutilganini aytdi.
Mavzuga oid
«Çandir» MFY binosida jiyanimizning yöqolişidan oldin uni ta'qib qilgan yigitlar va öşa voqeaga guvoh bölgan O.H. hamda profilaktika inspektori iştirokida suhbatlaşildi. Gumondor yigitlar avvaliga tan olişmadi. Ulardan ikki nafarini çetga olib suhbatlaşdim, haqiqatni aytinglar, heç kimga zarar yetmaydi, dedim. Şundan söng Ş. (45-maktabning 10-sinf öquvçisi) maktabga boraylik, hamma gapni öşa yerda aytaman, dedi. Maktabga bordik, Ş. haqiqatan ham jiyanimni zörlagani va bu voqea maktab qorovulxonasida sodir bölganini aytib berdi.
Qorovulxonani közdan keçirganimizda, qon izlari yuqib qolgan oq mato bor edi. Bundan taşqari, devorda barmoq izlari va tirnalgan joylarni kördik. Ş. aynan «şu xonaga qizni olib keldim va zörladim», dedi. Şundan söng profilaktika inspektori qon doğlari tekkan matoni paketga soldi.
Ş. qizning nomusiga tekkanini bir neça marta tan oldi. U iqror bölgan vaqtda mahalla raisi, profilaktika inspektori, maktab direktori, bir qança öqituvçilar, öttizga yaqin odam bor edi», – dedi Bahodir Mahmudov.
Biz 45-umumta'lim maktabida ham böldik. Maktab direktori Klara Rözinazarova maktabda uç nafar qorovul işlaşini, aynan öşa keçada navbatçilikda bölgan Gulmira Temirova qizining mazasi bölmagani uçun şifokorga olib borganini ma'lum qildi. Demak, 11 may kuni sahar vaqtida maktabda qorovul bölmagan.
Rözinazarova öquvçi qizning maktabda yuriş-turişi, özini tutişi yaxşi, namunali bölganini aytdi.
Biz ham voqea joyi – 45-maktab qorovulxonasini közdan keçirmoqçi böldik. Qiziği şundaki, öşa keçada qizning zörlangani aytilayotgan qorovulxona 16 may kuni yangidan ta'mirlab qöyilibdi...
Şu bois qizning qarindoşi aytgan devordagi qöl va tirnoq izlarini körişning imkoni bölmadi. Aytiş lozim, maktabning boşqa binolari ta'mirlanmagan, umuman, hali yozgi ta'mir işlari maktablarda boşlangani ham yöq. Lekin aynan öşa joy – qorovulxonaning ta'mirlanib, devorlari darhol böyab taşlangani taajjublanarli.
Afsuski, Sevinçning jasadi bir sutkadan söng, 12 may kuni qişloq çetidan oqib ötuvçi kanaldan – oyoq kiyimi hamda telefoni qoldirilgan joydan taxminan bir kilometr quyiroqdan topildi. Qiz topilgan vaqtda uning közi ikki marta qattiq tugib boğlangan, yuzi qontalaş ekaniga guvoh bölişgan.
Mayitni yuvgan Klara Hayitovaning aytişiça, qizning yelka qismida, labida kökariş, şiş, jinsiy a'zolari qontalaş va jarohat izlari bölgan.
Past Darğom tumani prokuraturasi tergovçisi Loçin Nurmurotovning aytişiça, Sevinçning bedarak yöqolib, ölik holatda topilgani holati yuzasidan xizmat tekşiruvlari va sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Voqeaning bevosita guvohi yoki undan xabardor şaxslar doirasini aniqlaş va ulardan tuşuntiriş oliş işlari davom etmoqda. Şuningdek, sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma'lumotiga köra, marhumaning ölimi suvga çökişdagi mexanik asfiksiyadan kelib çiqqani, Sevinçning qizlik pardasi butunligi, qizlik pardasini buzmasdan turib jinsiy aloqa qilişning imkonsizligini aytmoqda. Qolaversa, marhumaning jinsiy a'zolarida tan jarohatlari aniqlanmagani ham aytilmoqda.
Tergovçi hozirça jinoyat işi qözğatişga yetarliça asoslar mavjud emasligini qöşimça qilib, holat böyiça Past Darğom tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom etayotgani, yakuniy qaror qabul qilinib, axborot berilişi haqida ma'lum qildi.
Samarqand viloyat içki işlar boşqarmasi esa bu borada hozirça jim.
Har qança urinsak-da, maktab qorovulxonasidagi qonga belangan matoni olib ketgan profilaktika inspektorini topişning imkoni bölmadi.
Suriştiruv davomida öşa maş'um keçada qizni ta'qib qilişayotganiga guvoh bölgan yigit O. bilan telefon orqali suhbatlaşdik.
«Soat tungi 3:20 larda 45-maktab yonidan ötib ketayotganimda, mendan bir neça metr naridan bir qiz yugurib ötdi. Uning orqasidan ikki yigit quvlab borardi. Biroz narida yana ikki kişini kördim va ularning yoniga yaqinlaşib, nima qilişayotganini söradim. Şu atrofda yaşaşimni bildirdim, keyin ular özlarini taniştirdi. Yigitlarning bu xatti-harakatini körib, ularga tanbeh berdim. Agar biror gap bölsa, ertaga baloga qolişlari mumkinligini aytib ogohlantirdim.
Şeriklaringga telefon qil, qizni uyiga olib boringlar, dedim. Qöllarida telefoni bölmagani uçun mening telefonim orqali şeriklariga telefon qilişdi. Qizni quvib ketgan bolalar telefonni kötarmagaç, qizning raqamiga terişdi. Birozdan keyin qizni quvlab ketganlardan biri yonimizga kelib, qiz uyiga emas, ammasinikiga bormoqçi bölganini aytdi. Şundan keyin hammamiz öz yölimizda davom etdik», – dedi guvoh yigit.
Ma'lum böladiki, sahar vaqtida aynan öşa maktab oldidagi yigitlar qizni quvib yurgan bölgan, uning telefonidan Sevinçning qölidagi telefonga qönğiroq qilişgan. Şu sabab bölib eng oxirgi qönğiroq egasi bilan qizning yaqinlari boğlangan va vaziyatdan xabardor bölişgan.
Mana şu gaplar yuzaga çiqqani, qolaversa, köpçilikning oldida gumondorlar qilmişiga iqror bölgan bir holatda, huquq-tartibot idoralarining xatti-harakati, heç qanday nomusga tegiş alomatlari hozirça yöqligini aytayotgani qizning yaqinlarini taşvişga solmoqda. Köngillaridagi gumon va şubhalarni köpaytirmoqda.
Qizni yarim tunda quvlab yurgan yigitlarni körgan, suhbatlaşgan, ogohlantirgan guvoh bor. Bu holat önlab odamlar guvohligida muhokama ham qilingan.
Qiziği, marhumaning yaqinlariga köra, gumon qilinayotgan yigit 30ga yaqin odamning oldida qiz bilan jinsiy aloqa qilganini tan olgan.
Maktab qorovulxonasidagi qonga belangan matoni olib ketgan profilaktika inspektori qayerda? Nega voqea joyi deya e'tirof etilayotgan xonadan olingan aşyoviy dalillar haqida lom-mim deyilmayapti?
Harqalay, hozirça bular haqida na prokuratura, na IIB biror tayinli gap aytgani yöq. Göyoki bu jarayonda faqat qizning ölimi bor va ungaça bölgan holat qoronği. Heç kimga körinmayapti...
Guvohi bölganimiz şuki, vaziyat jiddiy. Marhumaning ölimidan oldin zöravonlikka uçragani haqida ma'lumotlar yetarliça bor. Ammo huquqni muhofaza qiluvçi organlarning beparvoligi jamoatçilikni taşvişga solmoqda.
Yaqin ötmişga qaytadigan bölsak, muqarrar jinoyat holatlari yaşirib kelingani, ammo keng jamoatçilikning e'tirozlaridan söng köplab holatlar foş bölganiga guvoh bölamiz.
Masalan, xonanda Jasur Umirovning bir guruh şaxslar bilan voyaga yetmagan qizni zörlab, nomusiga tekkani holati ekspertiza xulosalari tasdiqlab turgan bölişiga qaramay, Kattaqörğon tuman IIB xodimlari tomonidan yaşirib kelingandi.
Hodisa OAV va jamoatçilik e'tiboriga tuşgandan söng xonanda va uning şeriklariga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, sud hukmi bilan ularga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Kattaqörğondagi jinoyat bilan deyarli bir vaqtda Toşkent viloyatida sodir etilgan 14 yoşli qizning nomusiga tegiş jinoyati hamon oçilmay qolmoqda. Qizning ota-onasi 2020 yil sentyabr oyida Örta Çirçiq tuman IIBga murojaat qilgaç, oradan yarim yil ötganiga qaramay, jinoyatçilarga nisbatan haligaça heç qanday çora körilmagan.
Şuningdek, Farğona viloyatining Quva tumanida kollejning 3-kursida öqiyotgan 19 yoşli qiz öğirlab ketilgani va bir oy davomida uç kişi tomonidan muntazam zörlab kelingani aytilmoqda. IIB bu murojaatni örganib çiqib, bunda jinoyat alomati yöq deya jinoyat işi qözğatişni rad etgandi.
Termizda maktab öquvçisining nomusiga tegilgani bosti-bosti qilib kelingan. Masala senatorning nazoratiga olinganidan sönggina holat böyiça jinoyat işi qözğatildi.
Umid qilamizki, ma'suma Sevinçning ölimi hodisasi Senat yoki boşqa idoraning aralaşuvisiz ham jiddiy taftiş etiladi.
Eslatib ötamiz, Kun.uz saytida hodisa haqida dastlabki xabar e'lon qilingaç, Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi Xayotbek Şamsutdinov masala yuzasidan rasmiy bayonot bergandi.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan Pastdarğom tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Tergovga qadar tekşiruv hujjatlari Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan örganilib, amalga oşirilişi lozim bölgan harakatlar yuzasidan yozma körsatma berilgan. Şu bilan birga, 2021 yil 17 may kuni Boş prokuratura mas'ul xodimlari tomonidan marhumaning otasi va ukasi qabul qilinib, tergovga qadar tekşiruv harakatlarining borişi yuzasidan tuşuntiriş berilgan. Tekşiruvning borişi Boş prokuratura tomonidan nazoratga olingan” deyilgandi bayonotda.
Kun.uz bu holat bilan boğliq voqealarni kuzatişda davom etadi.
Kun.uz muxbirlari –
Isomiddin Pölatov,
Anvar Mustafoqulov.