Tadbir davomida «Mehrli qöllar» imkoniyati çeklangan yoşlar va bolalar markazi rahbari Ra'no Şodiyeva Özbekistonda kar-soqovlar uçun surdo gidlar va surdo şarhlovçilarni tayyorlaş taklifini bildirdi.

Unga köra, surdo gid mutaxassislar tayyorlanmasligi yurtimizga keladigan kar-soqovlar uçun qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Surdo şarhlovçilar yetişmasligi esa sportga qiziquvçi kar-soqovlarni jamiyatga töla moslaşişiga, bu boradagi qiziqişlarini röyobga çiqarişiga yöl bermaydi.

Aziz Abduhakimov markaz rahbarining bu taklifi jiddiy va juda muhim ekanligini ta'kidlagan holda, uning töla qöllab-quvvatlanişini bildirdi.

«Xorijga borganda köramiz, hamma joyda şunday mutaxassislar bor. Bunday mutaxassislarning kamligi – bu Özbekistonning juda katta kamçiligi. Siz yaxşi fikr berdingiz, biz bu borada katta bir dastur qilişimiz kerak.

Men Samarqand ipak yöli turizmi universiteti rektori sifatida hukumatga taklif kiritaman: bu yil şu OTMda surdo gid va surdo tarjimonlik yönalişida kamida 5-10ta kvota olamiz.

Bu grant asosidagi kvotalar böladi. Şuni yoşlarimizga yetkazing. Kim lozim topsa, Samarqandga borib öqişi mumkin.

Men boşqa yönalişdagi OTMlarda ham şu yönalişga kvota ajratiş böyiça Oliy ta'lim vazirligiga iltimos kiritaman.

Surdo sport şarhlovçilarini tayyorlaş borasidagi taklifingiz ham juda dolzarb. Bizda Rossiyaning Samarqanddagi Jismoniy tarbiya, yoşlar bilan işlaş va turizm universiteti bor.

Biz u yerda surdo sport şarhlovçilarini tayyorlaş böyiça qöşimça 5ta kvota ajratamiz. Bunga va'da beraman», – deya Boş vazir örinbosari, Turizm va sport vaziri sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.