2030 yilga qadar gender tenglikka erişiş strategiyasi qarorlar qabul qiliş va ijro etişning barça sohalarida hamda darajalarida xotin-qizlar va erkaklar örtasida tenglik tamoyilini tatbiq etişga keng qamrovli yondaşuvni nazarda tutadi.

Şuningdek, strategiya erkaklar va ayollarning teng huquqlari va imkoniyatlarini röyobga çiqariş uçun şart-şaroit yaratiş hamda insonning fundamental huquqlariga rioya qiliş maqsadida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotda gender tenglik tarğib qilinişini ta'minlaşga xizmat qiladi.

Strategiyada barça uçun teng huquqli va sifatli ta'limli ta'minlaş, qişloq joylarida qizlarning oliy ma'lumotga ega bölişi, xotin-qizlar gender tengligiga erişiş, zöravonlikka yöl qöymaslik, odam savdosining oldini oliş kabi masalalar qamrab olingan.

Strategiyadagi yönalişlar BMTning 2030 yilgaça möljallangan Barqaror rivojlaniş maqsadlariga muvofiq holda belgilangan.

Gender tenglikka erişiş strategiyasi asosan, uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib çiqib, qator ustuvor yönalişlarda amalga oşiriladi. Davlat xizmatida, ijtimoiy-iqtisodiy, oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida, saylov huquqlarini amalga oşirişda xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlaş şular jumlasidan. Şuningdek, strategiyada gender tenglikni ta'minlaş tadbirlarini hisobga olgan holda davlat dasturlarini budjetlaştiriş va moliyalaştiriş ham közda tutilgan.

Gender strategiyasini amalga oşirişdan salmoqli natijalarga erişiş kutilmoqda. Xususan, yuqori va quyi tizimdagi davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga xotin-qizlarni tayinlaş amaliyotini kengayadi. Gender nomutanosiblik mavjud bölgan davlat organlarida vaqtinçalik kvotalaş tizimini joriy qiliş orqali xotin-qizlar va erkaklar örtasidagi mutanosiblik ta'minlanadi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta'minlangan, ayniqsa qişloq joylaridagi oilalar xotin-qizlarini iş bilan ta'minlaş, ularga munosib mehnat şaroitlarini yaratiş va ijtimoiy qöllab-quvvatlaş borasidagi işlarning samaradorligini oşiriş, şuningdek, özini özi band qilişga erişiladi. Xotin-qizlarga nisbatan iş joylaridagi tazyiq va zöravonlik holatlari oldi olinib, jamiyatda ularga nisbatan şakllangan salbiy qaraşlarga barham beriladi.

Bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib çiqqan holda Senatning tegişli qarori qabul qilindi.