Boş prokuraturaga köra, 2020 yil 21 iyun kuni Asaka tumanida 9 yoşli qizning murdasi öz uyida qotillik alomatlari bilan topilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari Boş prokuraturaning Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş boşqarmasi tomonidan olib borilgan.
Töplangan dalillarga asosan dastlabki tergovda fuqaro Asroraxon Hamdamova 2020 yil 21 iyun kuni qöşnisi D.A. istiqomat qiladigan uyga öğrilik maqsadida kirgani va u yerdan pul olganiga guvoh bölgan, yoş bola Q.I.ning tanasiga bir neça marotaba piçoq bilan jarohat yetkazib, uni qasddan öldirgani aniqlangan. Şuningdek, A.Hamdamova öğirlik hamda firibgarlik jinoyatlarini ham sodir etgani öz isbotini topgan.
Ayblanuvçining körsatuvi böyiça olingan aşyoviy dalil (piçoq), piçoq dastasi içidan olingan namuna marhuma qizga tegişli ekani tasdiqlangan ekspertiza xulosasi, guvohlarning körsatuvlari, xususan tört nafar guvoh A.Hamdamova marhuma qizning xonadonidan yugurib çiqqanini körişgani va boşqa dalillar bilan töliq isbotlangan.
Bundan taşqari, A.Hamdamova öz aybiga iqrorligini ham bayon qilgan. Jumladan, qöşnisining uyiga öğirlik maqsadida kirgani va şu qöşnining yoş qizi (marhuma) uni körib qolganidan qörqib, norasidani piçoq bilan öldirganini tan olgan.
“Eng muhimi, A.Hamdamovaning iqrorlik körsatuvlari real voqelikka asoslangani va ixtiyoriy ravişda berilgani sud-psixologiya ekspertizasi xulosasi bilan tasdiqlangan.
Binobarin, sudlanuvçi tergov jarayonlarida qörqitilgani yoki qiynoqqa solingani yoxud boşqaça tarzda unga tazyiq ötkazilgani töğrisidagi iddaolar bilan ham kelişib bölmaydi.
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi çiqişlarda göyoki “asos” qilib körsatilayotgan “marhuma qizning zörlangani” ham sud-komissiyaviy ekspertizada öz isbotini topmagan”, deyiladi bayonotda.
Qayd etilişiça, 2020 yil 21 iyun kuni mazkur jinoyat işi ayblov xulosasi bilan mazmunan köriş uçun Andijon viloyat sudiga yuborilgan.
Biroq, tergov davomida aniqlangan va isbotlangan dalil hamda vajlar sud tomonidan inobatga olinmagan, öta oğir jinoyat harakatlariga yetarli baho berilmagan.
Şu tariqa Andijon viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay'atining 2021 yil 5 maydagi hukmi bilan A.Hamdamova faqatgina firibgarlikda, ya'ni, marhuma qizning onasiga tegişli bölgan tilla zanjirni aldov yöli bilan qölga kiritişda aybdor deb topilib, unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan çeklaş jazosi tayinlangan.
Öğirlik, bosqinçilik va qotillik yuzasidan u oqlangan. Joriy yil 12 may kuni Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Andijon viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay'atining 2021 yil 5 maydagi hukmiga nisbatan Oliy sudning jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instansiyasiga apellyatsiya tartibida protest keltirilgan.
“Binobarin, Boş prokuratura iş böyiça manfaatdor taraflar va keng jamoatçilik, xususan ommaviy axborot vositalaridan quyidagi jihatlarga e'tibor qaratişni söraydi:
- birinçidan, viloyat sudi tomonidan oqlangan sudlanuvçining “aybsiz” ekanligi haqida sudning yakuniy hukmi qonuniy kuçga kirmasdan turib, xulosa qilişga hali erta.
Zotan, iş böyiça sudlov jarayonlari mavjud hujjatlar, dalillar, guvohlarning körsatuvlari, ayblov xulosasiga asos qilib keltirilgan boşqa jihatlarga viloyat sudi tomonidan har tomonlama munosib baho berilmaganini körsatib turibdi;
- ikkinçidan, asosan himoya tarafi va sudlanuvçi keng jamoatçilikka taqdim etayotgan “tafsilotlar” asosida ehtirosli xulosalarga keliş noörindir.
Zero, gap 9 yoşida vahşiylarça qotillikning qurboni bölgan qizaloqning ayançli taqdiri uçun aybdorni sözsiz javobgarlikka tortiş, bir norasida farzandi öldirilgan oilaning iztiroblari, jazoning muqarrarligi va adolat tantanasiga bölgan umidi hamda işonçi haqida bormoqda;
- uçinçidan, aynan sudning, aniqroği, Oliy sudning yakuniy töxtamidan keyingina jinoyat işi böyiça qöşimça ravişda tegişli munosabat bildiriladi”, deya yakunlangan mahkama bayonoti.
Qiynoqlar yangi davrda ham davom etmoqda. 10 oylik qamoqdan söng oqlangan ayol hikoyasi










