Farğona viloyatining Toşloq tumanida alimentdan qarzdor ota yuz milliondan ortiq qarzdorligini tölab berdi. Bu haqda Kun.uz ga MIB Farğona viloyati boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Majburiy ijro byurosi Toşloq tuman bölimi iş yurituvida fuqarolik işlari böyiça Marğilon tumanlararo sudining 03.07.2013 yildagi 4170/2013-sonli sud buyruğiga asosan, qarzdor Ş.E.dan undiruvçi D.M. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari uçun aliment undiriş haqidagi ijro hujjati mavjud bölgan.
Ijro hujjati böyiça qarzdor Ş.E. iş joyiga ega bölganligi va muntazam ravişda aliment uning iş haqidan öz vaqtida undirib kelinganligi sababli undiruvçi D.M. biror marotaba e'tiroz bilan murojaat qilmagan.
Joriy yilning 24 may kuni undiruvçi D.M byuroning tuman bölimiga turmuş örtoğining iş haqi va boşqa tölovlarini qayta hisob-kitob qiliş masalasida murojaat qilgan. Mas'ullar tomonidan murojaat örganilganida, qarzdor Ş.E. 2017-2020 yillar va 2021 yil 4 oyi davomida unga hisoblangan iş haqidan taşqari boşqa tölovlardan aliment uçun sud buyruğida belgilangan 1/3 qism miqdorida pul mablağlarini ajratmaganligi aniqlangan.
Qayta hisob-kitob natijasida qarzdor Ş.E. 4 yildan ortiq davr mobaynida iş haqidan taşqari daromadlarini yaşirişi oqibatida 106 mln. 500 ming söm aliment qarzi tölanmasdan qolganligi ma'lum bölgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor Ş.E.dan 106 500 000 söm hisobida 10.000 (ön ming) AQŞ dollari miqdoridagi aliment puli naqd şaklda xolislar iştirokida töliq undirilib, unga topşirilgan.
Avvalroq, Riştonda aliment pullarini tölamagan otaga sud hukmi öqilgani haqida xabar berilgan edi.











