Avval ushbu vaksina bilan faqat 16 yoshdan kattalarni emlash mumkin bo‘lgan.

«Vaksinani 12–15 yoshlilarga qo‘llash 16 yoshdan kattalarga qo‘llash kabi bo‘ladi. U qo‘lning yuqori qismidagi mushakka ikkita inʼeksiya ko‘rinishida 3 haftalik oraliq bilan kiritiladi», deb aytilgan agentlikda.

Vaksina AQShda 2 ming o‘smir ishtirokida o‘tkazilgan sinovlarda 100 foiz samarali ekanini ko‘rsatgan.

Boshqa kompaniyalar ham o‘z vaksinalarini o‘smirlarda sinovdan o‘tkazmoqda. Jumladan, avvalroq Moderna o‘z vaksinasining 12 yoshdan 18 yoshgacha o‘smirlar uchun xavfsiz ekanini ma'lum qilgan.